Yo‘ling oydin bo‘lsa, muroding hosil bo‘lar

Date:

Yo‘l sozlaganning savobi katta, degan purma’no gaplarda ulkan hikmat yashirin ekanini, siz ta’mirlagan, siz qurayotgan yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchiyu piyodalar ich-ichidan alqaganini his etganigizdayoq anglaysiz, albatta.

Darvoqe, bugun vohamizning turli hududlaridan toritb, eng chekka olis yo‘llar, ko‘chalar ham kundan kun chiroy ochib, rivojlanib borayotganini ushbu ravon va tekis yo‘llarda harakatlangan vaqtimizda ko‘rib-bilib turibmiz. Yo‘l azobi go‘r azobi, deganlaridek, yo‘l soz va tekis bo‘lsa, “yamalmasa” chinakamiga ta’mirlansa, yurgan odamning baxri dili ochiladi. Mamnunligi oshadi.

Sariosiyolik yo‘lsozlar ham ayni shu savob ilinjida ezgu ishning boshida ko‘karadi. Tumanning tog‘li “Xonjiza” mahallasining tuproqli yo‘llariga qum tosh aralashmasidan iborat tekislovchi qatlam yotqizilib ichki yo‘llar ta‘mirlandi.

Tumanda amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari, eng avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga, qolaversa, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun