“Uchar” haydovchilar diqqatiga!

Date:

Ba’zan shu darajada tez harakat qiladigan avtomobillar, “hovmaydon” qilib yo‘lning duch kelgan qismidan bemalol harakatlanayotgan piyodalarning loqayd va yo‘l harakati qoidalarini mensimasligi sabab ham yo‘l transport hodisasi sodir etilishi odatiy holga aylanib qolgandi.

Sohada tub burilish qilinishi, yangi tartib-qoidalar joriy etilishiga ehtiyoj sezilib turgan bir pallada davlatimiz rahbari ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohada yangicha davrni boshlab berish maqsadida avtoulovlar harakati bilan bog‘liq yangi tartiblarni belgilab bergani ayni muddao bo‘ldi.

Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruhsat etilishi belgilandi.

Alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Prezidentimizning 2022-yil 4-apreldagi qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.

Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladigan bo‘ldi.

Yuk avtomobillari, Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart qilib qo‘yildi.

Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlandi.

Endilikda sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.

To‘g‘ri, Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni unchalik ham xush ko‘rmaydigan, avtomobil g‘ildiragini qo‘lida ko‘targandek chopqillaydigan “uchar”larga yangi tartib-qoidalar ma’qul bo‘lmasligi mumkin, ammo qonun hamma uchun barobarligini, qilayotgan noto‘g‘ri harakatimiz noxushlikka sabab bo‘lishini va jarima ham muqarrarligini yodimizdan chiqarmasak, hammasi “besh” bo‘lardi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy...

O‘qituvchi maoshini o‘zi belgilaydi

O‘qituvchi-pedagoglar qadr topib, ular uchun barcha shart-shaoitlar yaratildi. Maqsad...

Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq...

Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg...
KunTun
KunTun