“Boysun bahori”: tayyorgarlik yakuniy bosqichda

Date:

Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Festivalning badiiy qismining tayyorgarligi yakuniy bosqichda. Qolaversa, asosiy va mobil sahnalar tayyor holatga keltirilgan.
Festival o‘tkaziladigan kompleks tashrif buyurgan kishida bayram shukuhini uyg‘otadi. Har bir pavilion va tumanlarga ajratilgan qo‘rg‘onlar o‘ziga xos tarzda bezatilgan. Kompleks dizayni, ekilgan gullar, ravon yo‘llar ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan festivalga monand tarzda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Boysun tumaniga tashrif buyurib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan kompleksda olib borilayotgan yakuniy ishlar bilan tanishdi.
Aytish kerakki, YUNESKO shafeligida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” qiziqarli tomoshalarga boy bo‘ladi. Mahalliy va xorijiy turistlar uchun bu yerda qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, mehmonlar Boysun tumanining tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim maskanlarda o‘tov uylari, piknik zonalar, tabiat qo‘ynida sayr qilib, ko‘ngil yozishlari mumkin. Ochiq osmon ostidagi umumiy ovqatlanish joylari esa estetik zavq va ishtaha bag‘ishlaydi.
Shuningdek, kvadratsikl va havo sharlarida yanada maroqli sayohat uyushtirish imkoni ham mavjud. Ushbu maskanlarda dam olish, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish har bir mehmonning xotirasida unutilmas bo‘lib muhrlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun