Mehmonxona qurganga subsidiya beriladi

Date:

Mehmonxona biznesi ham tobora rivojlanib bormoqda. Albatta, bunday biznes bilan shug‘ullanib, mablag‘ tikkan tadbirkorlarni munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya, ya’ni qaytarib berilmaydigan mablag‘ ajratilishi sohaga qiziquvchilar sonini oshishiga xizmat qilayotir. Bu borada Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (18.04.2024-y. № 218-son) qabul qilindi.
Unga muvofiq 2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi. Subsidiya belgilangan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qat’i nazar ajratiladi. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmagan investorlarga ajratiladi.
Subsidiya toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 million so‘m, 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 million so‘m, 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 25 million so‘m hamda 3 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun