Endi ayrim maktablarda fanlar chet tilida o‘qitiladi

Date:

Til o‘rganishning eng birinchi talabi, o‘rganuvchilar bilan faqat va faqat shu tilde gaplashishdir. Shu sababdan ham ishlash uchun xorijiy davlatlardan biriga ketgan migrantlar o‘sha davlat tilini uncha yaxshi bilmasa-da, qisqa muddatda mahalliy aholi bilan bemalol gaplashadigan bo‘lishadi. Til o‘rganishda yanada samaradorlikka erishish maqsadida O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktablarda darslarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda 1-aprel kuni Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida V2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Bunda, ustama pedagoglar tomonidan Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish yoki Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun