Zamonaviy yotoqxona va sport zal foydalanishga topshirildi

Date:

Yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar, qulayliklar muhayyo bo‘lsa, ertamiz egalari oldidagi birdan-bir vazifa faqat va faqat o‘qib o‘rganish, bildirilgan ishonchni oqlash bo‘lishi kerak. Shu ma’noda Sho‘rchi tumanidagi alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 125-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida ham qo‘shimcha yotoqxona va sport zalga ehtiyoji bor edi.
Ayni jihatlarni inobatga olib, barcha qulayliklar va sharoitlar yaratish maqsadida ushbu muassasada taʼlim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlar uchun qisqa fursatlarda 120 o‘rinli zamonaviy yotoqxona va sport zal qurilib, foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, keng jamoatchilik vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Zamonaviy, uch qavatli yotoqxonada o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kutubxona, maʼnaviyat sektori esa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishiga shubha yo‘q. Sport zalda o‘g‘il-qizlar parasport bilan shug‘ullanib, navbatdagi g‘alabalar uchun tayyorgarlik ko‘rishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...

Chegarachilar maktabda

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va...

Jangovar shaylikdan tafakkurgacha…

Surxondaryodagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida shaxsiy...
KunTun
KunTun