Bo‘lg‘usi Vatan himoyachilari tantanali kuzatildi

Date:

Surxondaryo viloyatida vatan oldidagi muqaddas burchini ado etishga otlangan o‘g‘lonlarni muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish marosimlari davom etmoqda. Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi qo‘mondonlik mutasaddilari, viloyat hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, nuroniylar va chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va sharafli burchni bajarishga shay turgan yigiitlarga bukilmas iroda, so‘nmas matonat va kuch-g‘ayrat tilashdi. Ona yurtni himoya qilish, uning sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash mas’uliyati faqat sara o‘g‘lonlarga nasib etishi alohida ta’kidlandi.
Kuzatuv marosimida Termiz garnizoni harbiy orkestri hamda viloyat madaniyat boshqarmasi san’atkorlarining Vatan, jasorat va sadoqat kabi ulug‘ tuyg‘ular tarannum etilgan qiziqarli kontsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Muddatli harbiy xizmatga yo‘l olayotgan o‘g‘lonlar nuroniylar bilan “Yashil makon” bu – kelajak avlod oldidagi bizning majburiyatimiz!” shiori ostida Vatanparvarlar bog‘iga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi.
Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, ma’nan va jismonan sog‘lom ekanini ko‘rsatgan mard, jasur yigitlar Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga yo‘l oldi. Ular safida hayotini Yangi O‘zbekistonni qo‘riqlashga bag‘ishlayotgan o‘g‘lonlar ham bor, Jumladan, qiziriqlik Eldor Abdurahmonov ana shunday ahdi qat`iy yigitlardan biri. Mudofaa vazirligining viloyatdagi harbiy qismlaridan birida xizmat qilayotgan Vatan posbonlari shu yil boshida Qiziriq tumanidagi yoshlar muammolarini o‘rganayotib, Istiqlol mahallasida yashaydigan vaqtincha ishsiz Eldor Abdurahmonov bilan ham suhbatlashdi. U tumanda o‘ziga munosib ish topolmayotgani sababli xorijga mehnat qilish uchun ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi. Uning bu muammosini hal etishni tuman mudofaa ishlari bo‘limi o‘z zimmasiga oldi. Eldor bilan uchrashib, muddatli harbiy xizmat burchini o‘tashni tavsiya etdi. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan Eldor Abdurahmonovda harbiylik katta qiziqish uyg‘otib qoldi.
—Harbiy akalarimdan bir umr minnatdorman, — deydi Eldor Abdurahmonov. —Meni to‘g‘ri yo‘lga boshlashdi. Kelgusi hayotimni belgilab berishdi. Agar meni izlab uyimizga kelishmaganida ishlash uchun chet elga chiqib ketgan bo‘lardim. Mana, bugun Vatan himoyasiga otlandim. Muddatli harbiy xizmat burchimni sharaf bilan o‘tab bo‘lgach, shartnoma asosida xizmatda qolaman.
Vatanni ishonchli himoya qilishga so‘z bergan o‘g‘lonlar harbiy xizmatni o‘tash uchun Termiz temir yo‘l vokzalidan Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketishdi.

Akbar Ahmedov,
III darajali serjant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy taomlar sayli o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Denov tumanidagi...

Qiziriqlik yosh gimnastikachilar g‘olib

Gimnastikaga ilk qadam tashlagan qizaloqlar, eng avvalo, gimnastik harakatlarni...

Endi o‘zimizda

So‘nggi rusumdagi texnika, texnologiyalarimiz bo‘lsa, o‘zimizda ham yuqori texnologik...

Denovda kitob savdo-yarmarkasi tashkil etildi…

Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba...
KunTun
KunTun