“Viloyat deputati kubogi” uchun…

Date:

Termiz shahridagi 8-maktab binosida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularning iqtidorini yuzaga chiqarib, kelajakda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari uchun uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Viloyat deputati kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda “Turon” va “Baynalminal” mahallalari o‘rtasida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 80 dan ortiq yosh sportning valeybol hamda futbol musobaqasida ishtirok etishdi.
Qizg‘in kechgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra 1-o‘rinni “Baynalminal” mahallasi yoshlari qo‘lga kiritdi. Jamoada ishtirok etgan g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar taqdim etilib, yoshlar yanada ruhlantirildi. Bunday e’tibor yoshlarni yanada kuchli bo‘lishiga, kelgusida respublika bosqichlariga yuqori o‘rinni qo‘lga kiritishlariga turtki bo‘ldi. Suhbat chog‘ida guvohi bo‘ldimki, jamoadagi ishtirokchi yoshlarning quvonchi yuz-ko‘zidan ko‘rinib turardi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun