Bo‘lim boshlig‘i qo‘lga tushdi

Date:

Mamlakatimizda o‘tgan qisqa davr boshqa sohalar qatori gaz ta’minoti sohasi ham tubdan o‘zgardi. Xususan, sohani yanada rivojlantirish maqsadida olib borilgan izchil islohotlar qator muammolarning oldini olish, sifat samaradorligini oshirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, tizimga raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi inson omilini qisqartirish orqali shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Darhaqiqat, viloyatimizning ayrim hududlarida gaz tarmog‘iga ulanishga ehtiyoji bor xonadonlar ko‘plab topiladi. Biroq bu gaz tarmog‘iga ulanish uchun pora berish kerak degani emas. Afsuski, davlat mulkini sotib, o‘z kasbiga sovuqqon qarab, suiste’mol qilayotgan ba’zi poraxo‘r rahbarlar ham oramizda uchrab turadi.
Jumladan, Surxondaryoda gaz tarmog‘iga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSH dollari talab qilgan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bergan. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi, prokuratura va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.H. “M.M.” oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz nuqtalarini tashkil etish va ularni tarmoqqa ulashga ruxsat hamda texnik shart xulosasini berishi evaziga 700 AQSH dollari va loyiha hujjatlarini arzon narxlarda tayyorlab berishi uchun yana 2 million so‘m talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...

Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlik ifodasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz davlat...

Talabalar harbiy hayot bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Termiz...
KunTun
KunTun