Tatariston rahbari Surxondaryoda gilam ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi

Date:

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Termiz tumanidagi “Termez National Carpets” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “TERMIZ AGRO IMPEX” xorijiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan qishloq

xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, saralash va eksportga yo‘naltiruvchi logistika markazi faoliyati bilan tanishdi.


Ma’lumot uchun, umumiy qiymati 236 milliard so‘m bo‘lgan “Termez National Carpets” korxonasi tomonidan yiliga 2,2 mioilln kvadrat metr gilam mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning 55 foizi ichki bozorga, 45 foizi qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda.


Rossiyaning “LETO” korxonasi ta’sischiligidagi “TERMIZ AGRO IMPEX” xorijiy korxonasi tomonidan 10 gektar maydonda tashkil etilgan logistika markazining issiqxona va ochiq maydonlarida brokkoli, karam, ko‘kat, rozmarin, pomidor va bodring kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun