Tatariston Respublikasi delegatsiyasi “Bahor”da

Date:

Surxondaryo viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Angor tumanidagi “Bahor” mahallasida tomorqa xo‘jaligini boshqarish tajribasi bilan tanishdi. Ushbu mahallada viloyatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan 6 ta logistika markazlaridan biri joylashgan. Delegatsiya aynan ushbu markaz faoliyati bilan ham yaqinoq tanishdi.

Ta’kidlash joizki, Surxondaryo viloyati meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish uchun qulay iqlimga ega hudud. Issiqxonachilik ham rivojlanib, qishin-yozin turli oziq-ovqat ekinlari parvarishlash rivojlanib bormoqda. Bahorning ilk oylaridayoq ertagi sarxil sabzavotlar pishib, yetiladi.
Viloyatda 24 ming 255 gektar mevali bog‘, 10 ming 789 gektar tokzor mavjud. Mevali bog‘larning 15 ming 456 gektarini mahalliy va 8 ming 799 gektarini intensiv bog‘lar tashkil etadi.


Joriy yilda mavjud maydonlardan yanada oqilona foydalanib, sabzavot mahsulotlari parvarishlashni ko‘paytirish, ichki va tashqi bozorga quyosh nuriga to‘yingan tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun bog‘ va tokzorlar qator oralariga ham urug‘ qadalib, mo‘l hosil yetishtirilmoqda. Jumladan, joriy yil hosili uchun bog‘ va tokzor oralaridagi 34,2 ming gektar maydonga to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan edi. Bahorning ilk oylaridan 916,6 ming tonna piyoz, 39,2 ming tonna sarimsoq piyoz, 156,4 ming tonna sabzi, 29,6 ming tonna osh lavlagi, 268,2 ming tonna turli ko‘kat, 218,3 ming tonna karam, 16,4 ming tonna rediska yig‘ib olinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilar ot sporti maktabida

Mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va...

Miya chipi muvaffaqiyatli oʻrnatildi

Xitoyda mart oyida oyoq-qoʻlidan ayrilgan bemorga ilk bor miya...

Jarima vaqtida yuborilmasa — bekor qilinadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun foto yoki video...

Davlat shifoxonamizda robot-xirurg o‘rnatildi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida ilk bor davlatga qarashli tibbiyot...
KunTun
KunTun