Tadbirkorlar uchun qulaylik

Date:

Tadbirkorlar endi sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin. Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Shuningdek “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.
Bunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari mumkin edi.

A.Sharipov,
Uzun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun