Bayram munosabati bilan

Date:

Ro‘zg‘orning kam-ko‘stini to‘ldirish uchun tez-tez bozorga boramiz. Narx-navo esa anchayin qimmatlashgan. O‘ylab-o‘ylab, o‘zingizni tergab xarajat qilmasangiz, oilaviy byudjetga zarar yetkazib qo‘yish hech gap emas. Qolaversa, Ramazon oyida va Navro‘z bayrami oldida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ehtiyoj va talabimiz yanada ortishi aniq.
Aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida Oltinsoy tuman markazidagi “Dehqon” bozorida muqaddas Ramazon oyi va tobora yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan mahsulotlarning arzonlashtirilgan yarmarkasi tashkil etildi. Bozor-o‘charga kelgan tuman ahli borki, sifatli va arzon mahsulotlarni xarid qilib, qilgan bozoridan mamnun. Ayniqsa, bozordagi narx-navoni nazorat qilish ishlarida bozor rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish Departamenti Oltinsoy tuman bo‘limi rahbar va xodimlari yaqindan yordam bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas suv shou

Yoz mavsumida aholi xavfsizligini ta'minlash va bolalarning bo'sh vaqtini...

Yoshlar kamoloti – e’tibor markazida

Yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo'naltirish...

Xavfsizlik — mas’uliyat!

Yo'l harakati qoidalariga rioya qilish inson hayoti va salomatligini...

Iqtidor e’tirofi – munosib yutuq

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich...
KunTun
KunTun