Qumqo‘rg‘onda ham…

Date:

Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning 1-moddasida “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” deb belgilangan. Shundan kelib chiqib, ijtimoiy masalalar, xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Xususan, ijtimoiy himoya borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Farmon ijrosi doirasida turli vazirliklar tarkibida tarqoq faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, Agentlikning viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.
Qumqo‘rg‘on tumanida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, nuroniylar, mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga mas’ullar tomonidan ushbu tashkilotning maqsad va vazifalari keng tushuntirildi. Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi bo‘lgan ramziy ma’nodagi lentalar kesilib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi”...

Loyiha ilmiy asoslangan

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Odamsimon robotlar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati...

Oldi-sotdi ishlari raqamlashtiriladi

Prezidentning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga...
KunTun
KunTun