Suyunchi puli hammaga berilmaydi… mi?

Date:

Oilada farzand dunyoga keldimi, suyunchisi bor. Darrov bolaning guvohnomasini olasiz-u tug‘ruqxonadan berilgan ma’lumotnoma bilan suyunchi pulini olasiz. Bu ham bir kamingizni to‘ldirib, yo‘g‘ingizni yo‘ndiradi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali endi suyunchi puli berilmasligi haqidagi xabar ko‘pchilik ayollarni xafa qilgani rost.
Haqiqatan ham endilikda, ya’ni 1-apreldan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli faqat birinchi farzandi uchun barcha ayollarga berilsa, ikkinchi holatda esa “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollargagina rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda esa nafaqa to‘lanmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun