5- maktab g‘olib bo‘ldi

Date:

Eng yaxshi maktabda ta’lim sifati yuqori darajada bo‘ladi. Ilmli, ma’rifatli kadrlar jalb etilib, o‘quvchining vaqti mazmunli tashkil etiladi. Qolaversa, fanlarga, ijodga, sportu barcha yo‘nalishlarga to‘g‘ri yo‘naltirilgan, tillarni o‘qitish va kasb o‘rganish masalasida ham ildam bo‘ladi.
Oltinsoy tumanidagi 5-umumta’lim maktabi jamoasi “Bolalarolami.uz” veb-sayti tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi maktabi-2023” 1-an’anaviy respublika tanlovida ishtirok etdi. Turgan gapki, eng ko‘p ovoz to‘pladi va tanlov g‘olibi deb topildi. Albatta, muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan qozonilmaydi. Har bir ovoz maktabdagi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilganidan, farzandlari munosib tahsil olayotganidan, o‘quvchi-yoshlar esa berilayotgan ta’lim-tarbiyadan rozi ekanidan so‘zlab turgandek bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun