NNTlarning o‘rnini kuchaytirish maqsadida

Date:

Termiz shahridagi Kasaba uyushmalari viloyat kengashi majlislar zalida “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan «Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida NNTlarning o‘rni va roli» mavzusida seminar-tering o‘tkazildi. Tadbirda davlat tashkilotlari vakillari, NNT rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.


Barchamizga yaxshi ma’lumki, NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat ijtimoiy buyurtmasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirib, aholi uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shunday ekan, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari davlat o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni mustahkamlab, turli sohalarga doir ijtimoiy buyurtmalar asosida loyihalar doirasida bir qancha ijtimoiy masalalarni hal etadi.


Ta’lim, ilm-fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohalarida muayyan natijaga erishish, aholining salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qolaversa, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlar siyosati va bolalar tashabbuslarini, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida sohadagi muammolarni hal etib kelmoqda.
Tadbirda ijtimoiy buyurtmalarni berish tartibi va amaliyoti bo‘yicha taqdimot qilindi hamda viloyatda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha NNTlar tomonidan viloyatni rivojlantirishda fikr-takliflar bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun