16 yoshdan pensiya tizimida hisobga olish tartibi joriy etiladi

Date:

Qonunlar, qaror va farmonlar xalq hayotida tub burilishlar yasab, turmushini farovonlashtirishga xizmat qiladi. Ayni shunday 2024-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘RQ-905-sonli Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gerbli guvohnomalarda davlat gerbi va QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri mavjud bo‘lishi haqidagi talab “Oila kodeksi”da mustahkamlab qo‘yildi.
“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni hisobga qo‘yish, ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra esa belgilangan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin bo‘ldi.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, maxsus elektron tizim vositasida vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ orqali litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi (Ilgari bunday qoida mavjud emas edi).

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun