Sog‘lik nazorat ostida

Date:

Aholining tibbiy xizmatdan ko‘ngli to‘ladimi? Oilaviy poliklinikasi, shifokorlik punktlari-yu shifo maskanlaridagi shart-sharoit, ko‘rsatilayotgan xizmat risoladagidekmi? So‘nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu savollarga javoban aytishimiz mumkinki, shart-sharoitlar risoladagidek. Tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning malakasi, bilimlari aholiga shifo ulashib, murakkab jarrohlik amaliyotlarigacha hududlarning o‘zida amalga oshirilayotgani uzoqni yaqin qilib, dardimizni aritayotgani haqiqat.
Sohadagi islohotlar samarasini Sariosiyo tumani misolida ham ko‘rish mumkin. Tumanda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini yaxshilash, kasalliklarni erta aniqlash hamda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Shoqishloq oilaviy shifokorlik punkti fuqarolar tashabbusi bilan openbudjet loyihasida g‘olib bo‘ldi va loyiha hisobidan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun loyiha doirasida 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Oilaviy shifokorlik punktida qayta ta’mirlash ishlari yakunlangach, foydalanishga topshirildi. Natijada, hududda yangi ish o‘rinlari yaratilib, bir vaqtning o‘zida 50 nafargacha bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Endilikda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, zamonaviy ushbu shifokorlik punkti fuqarolarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida patronaj xizmati tomonidan hududdagi aholining sog‘ligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuzi yorug‘ qaytishdi

Sharq yakka kurashlar va jang san’atlari dunyosida ham buyuk...

Mahorati yuksak marralarga eltadi

Sport ko‘plab iqtidorlarni yuzaga chiqarib, ularning o‘z yo‘llarini topishiga,...

Kutubxona fondi 1200 kitobga boyidi

Bugundan barcha hududlarda “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida...

O‘smirlarimmiz Osiyo chempionlari

Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining...
KunTun
KunTun