«Zo‘r!» loyihasi Denovda

Date:

Til bilish ko‘plab imkoniyatlarga eshik ochadi. O‘qishni istaganlarga dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qish, ish izlaganlarga esa mo‘may daromadli ishlarda ishlash imkonini beradi. Buning uchun ham istagan tilimizni o‘rganishimiz mumkin. Ayniqsa, O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha Rossiya bilan qo‘shma dastur doirasida rus tili va umumiy fanlarni rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan «Zo‘r!» («Klass») loyihasi amalga oshirilmoqda, jumladan Denov tumanida ham.
Loyiha doirasida tashkil etilgan o‘quvlarning qanday kechayotgani, til o‘rganuvchi yoshlarga qanday yordam berishni maqsad qilgan Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov tumandagi 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi. Qolaversa, rus tilini o‘rgatayotgan, Rossiya Federatsiyasidan kelgan o‘qituvchi Moiseeva Natalya Vladimirovnaning faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi maktab pedagoglari bilan suhbatlashdi. Unda yosh avlodni sifatli ta’lim olishi borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun