Endi o‘z uyi bor

Date:

Uy — vatan ichra kichik bir vatandir. Afsuski, hammaning ham qo‘nim topgan boshpanasi bo‘lavermaydi. Ammo, yurtimizda hech bir fuqaroning og‘ir holatda tushib qolishi, qiyin vaziyatlarida tashlab qo‘yilmaydi, balki qo‘llab-quvvatlanadi, kerakli yordam ko‘rsatiladi. Qumqo‘rg‘on tumani “Kattako‘l” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muxtoj, yolg‘iz ona Umida Jumayeva bilan ham shunday bo‘ldi. Uning oilaviy sharoiti, uyga muxtojligi e’tiborsiz qolmadi va tuman hokimligi tomonidan homiylar ko‘magi bilan yangi 2 xonali uy-joy qurib berildi.
Yangi qurilgan uy-joy Umida Jumayevaga tantanali ravishda topshirildi. Eni bu ayol o‘z vataniga ega. Farzandlari bilan qishda sovuqdan, yozda issiqdan asrovchi, baxtli, quvonchli lahzalarini o‘tkazguvchi boshpanasi bor. Umida Jumayeva homiylardan, uyini qurib berishda yordam bergan barchadan minnatdor bo‘lib, xursandchiligi va quvonch ko‘z yoshlarini yashira olmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun