Ehson sumalagi pishirildi

Date:

Sumalak bahorning shoh taomi. Qish bo‘yi vitaminlar tanqisligiga uchragan organizmlar uchun tabiiy va shifobaxsh darmon doridir bu ne’mat. Sumalakning yaralish tarixini juda yaxshi bilamiz. Har yili o‘tkaziladigan sumalak sayllarimizda momolarimizning so‘zlab beradigan qiziqarli rivoyatiga aylangan ushbu rivoyatni qayta va qayta tinglaymiz.
Dosh qozonda qaynayotgan sumalak xalqni birdamlikka chorlaydi. Urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni yodga soladi. Milliy liboslarda, milliy taomlaru milliy an’analarga qaytamiz. O‘zligimizni eslaymiz. Ko‘k somsa, ko‘k chuchvara pishirishga tushib ketamiz. Ayniqsa, tilak tilab, sumalak pishayotgan qozonga tosh tashlash marosimi eng qiziqarli tomoni. Bunday ezgu niyatlar esa ushalmay qolmaydi.
Qishning so‘nggi oyidanoq bahor nafasi esayotgan Surxon vohasida allaqachon sumalak sayllari boshlanib ketgan. Angorlik pillakor, pillachilikda faoliyat yuritib, davlat mukofoti bilan taqdirlangan 85 yoshli Mengnor Xolliyeva ham tashabbus ko‘rsatib, Al-Hakim At-Termiziy majmuasida ehson uchun dosh qozonda sumalak pishirdi. Tadbirga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham tashrif buyurib, pillakor momo bilan dildan suhbatlashdi. Yurt tinchligi va farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun