Psixologlar malakasini oshirdi

Date:

Psixologiya inson ruhiyatini o‘rganib, uning hayotini izga solishga, muvaffaqiyatlar kaliti faqat va faqat o‘zimiz ekaniga ishonishga undaydi. Aslida ham shunday. Shunchaki, o‘zimizni anglamaganimiz uchun ham tushkunlikka tushishimiz, norozichilik kayfiyatida bo‘lishimiz mumkin. Psixologlar esa holatimizni anglatib, to‘g‘ri maslahat va tavsiya berib yuboradilar. Qarabsizki, bu olamga o‘zgacha nigoh bilan qaray boshlaymiz.
Psixologlar ham insonlar bilan, uning ruhiyati bilan ishlar ekan, doimo o‘z ustilarida ishlab, bilim va tajribalarini oshirib borishlari shart va zarur. Ayni maqsadda joriy oyda psixologlarni bilim va malakasini oshirish oyligi doirasida umumta’lim maktablari psixologlari uchun seminar treninglar tashkil etilmoqda.
Ushbu jarayonda “Shaxs xususiyatlarini o‘rganish” testi va uning “Interpretatsiyasi”, “Deliktiv xatti-harakatlar” tushunchasi, “Addiktiv” (zararli odatlarga qaramlik) va diniy ekstremizm, “Agressiv” (tajovuzkorlik) xatti-harakatlar va maktablardagi zo‘ravonlikni oldini olish hamda “Autodestruktiv”(o‘z-o‘ziga zarar yetkazuvchi) xatti-harakatlar mavzulariga oid seminar treninglar o‘tkazildi. Aytish kerakki, targ‘ibot ishlari joriy yilning 20- fevraliga qadar davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...

Yangi O‘zbekistonda mahalla taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mahalla tizimini...
KunTun
KunTun