“Boburnoma” asari qayta nashr etildi

Date:

“Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Boburning mashaqqat va qiyinchiliklarga to‘la hayotini, ijodini, muallif ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari-yu og‘riqlarini ochib beruvchi shoh asardir. Zahiriddin Muhammad Boburning ushbu asarida badiiy tasvirga xos talqinlar, voqea-hodisalar bayon etilgan. Asardagi voqea-hodisalar muayyan ma’noda uning qismat sarguzashtlariga chambarchas tutashib ketadi.
Shu bois ham asarni boshidan-oxirigacha o‘qigan kitobxon o‘smir Boburni, yigit – shahzoda Boburni, oshiq Boburni, umrbod jangovar lashkarboshi Boburni, shahanshoh va mutafakkir, mehribon ota Boburni barcha zafaru mag‘lubiyatlari, fazilatlariyu nuqsonlari bilan to‘liq tasavvur eta oladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Boburnoma” asari qayta nashr etildi. Ushbu nashrda birinchi marotaba “Boburnoma”ga oid hujjatli va badiiy rasmlar ilova qilindi. Ayrim matn nuqsonlari tuzatilib, tabdildagi ba’zi bir noaniqliklar bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun