32 nafar yosh ishli bo‘ldi

Date:

Har bir yosh o‘zini shu vatanga kerakli insondek his etishi lozim. Ana shundagina o‘sha mas’uliyat bilan o‘z taqdiriga, ertangi kuniga befarq bo‘lmaydi. Ona vatan koriga yarash, sidqidildan xizmat qilish uchun harakat qiladi. Shunday ekan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash lozim. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati prokurori tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida yoshlar forumi tashkil etildi.
Forum doirasida harbiy namoyishlar tashkil etildi. Jangovar sahna chiqishlarni har bir yosh katta qiziqish va ishtiyoq bilan tomosha qildi. Harbiylarning mahoratlariga havas ila boqishdi. Ajab emas, tomoshaga berilgan yoshlar ham o‘zlarini harbiy akalariga munosib izdosh sifatda ko‘rishgan bo‘lishsa.
Bundan tashqari, hunarmandlar ko‘rgazmasida yoshlar o‘zlarining ijodiy namunalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tumanda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etilib, unda 25 ta tashkilot va korxonalar 412 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarka davomida 32 nafar yosh ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 60 nafari uchun kasbga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Işonç deklaratsiyadan boşlanmaydi

Bank faoliyatida korrupsiyaviy xavflar, avvalo, moliyaviy qarorlar, xaridlar va...

Millat emas, fazilat mezon

Insonlarni millati, tili yoki kelib çiqişiga qarab ajratiş emas,...

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...
KunTun
KunTun