Taktik mashgʻulot oʻtkazildi

Date:

Bozorlarda, savdo nuqtalarida chiqadigan yong‘inlar shu tizimda tadbirkorlik qilayotganlarni sergaklantirib qo‘yishi aniq. Mablag‘ tikib, daromad olishni o‘ylagan paytida bari yonib kul bo‘lishidan yomoni yo‘q. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJda amaliy o‘quv taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari bilan hamkorlikda tunda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratildi. Bunday mashg‘ulotlar favqulodda holatlarda qanday yo‘l tutish lozimligini, sarosima tushib qolmasdan harakatlanishga yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun