Loyiha yakunlansa, 600 xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi

Date:

Sanoat rivojlansa, xalq ehtiyoji va davlat rivoji uchun muhim qadam tashlanadi. Ayniqsa, hududlarda zamonaviy texnologiyalar asosiga qurilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunda yoshlarning harakatlari, izlanishu mehnatlari katta samara berayotir. Uzun tumani “Istiqlol” MFY hududidagi kichik sanoat zonasida ham bu borada qizg‘in ish jarayonlari olib borilmoqda.
Tumanda 14,6 gektar maydonda 3 ta Kichik va 1 ta Yoshlar sanoat zonasi tashkil qilingan. Shulardan “Istiqlol” MFYdagi kichik sanoat zonasi har tomonlama qulay infratuzilmaga ega 5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 22 ta lotdan iborat. Kichik sanoat zona hududida ayni vaqtda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Agar mazkur loyiha yakunlansa, qo‘shimcha 1 soatda 2000 kVt muqobil energiya ishlab chiqarishga erishiladi va kichik sanoat zonasi hamda 600 tadan ortiq xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...
KunTun
KunTun