Muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Date:

Ayni pallada maktab bitiruvchilarning hayajoni cheksiz. Sababi yangi o‘quv yilida hayotlaridagi muhim va hal qiluvchi qadamni tashlaydilar. Buning uchun ozmuncha ter to‘kib, o‘qib o‘rganishdi axir. Til kurslari, mutaxassislik va majburiy fan bloklari bor diqqat-e’tiborni o‘qishga qaratish lozimligini ko‘rsatadi. Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Abdushukur Xalimov muddatidan ilgari xorijiy universitetlar talabasi bo‘lganligi haqida xabar bergan bo‘lsak, ushbu maktabning yana ikki nafar o‘quvchisi ham ana shunday baxtga muyassar bo‘lishdi.
Durdona Kattaqulova Yaponiya Xalqaro universitetiga, Bobur Ismoilov esa Amerikaning Arizona universitetiga talabalikka qabul qilindi. Bu yangi o‘quv yilida yoshlarni Yaponiyayu Amerika davlatlari kutadi degani. Bu xabar qulog‘iga chalingan yosh borki, tengdoshlariga havas qilishayotgani aniq. Havas orzuni amalga oshirishdagi ilk qadamdir. Shunchaki oldinga intilib, inson o‘zini sinab ko‘rishdan to‘xtamasligi kerak. Ajab emas, siz ham ana shunday muvaffaqiyatga erishsangiz.

Oldingi sahifaTalab bekor qilindi
Keyingi sahifaTakliflar tinglandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun