Talab bekor qilindi

Date:

Ba’zan o‘zingizning kimligingizni isbotlovchi ma’lumotnoma so‘rashadi. Ma’lumotingizning to‘g‘riligi uchun ham ma’lumotnoma kerak talqinidagi hajviy chiqishlarni ko‘rib, kuzatib turib, bu chiqish ostida ham qaysidir ma’noda haqiqat bordek tuyiladi. Ortiqcha hujjatbozlik, ma’lumotnoma, ko‘chirma nusxa olish kabilar vaqtimizni o‘g‘irlaydi. Turnaqator navbatlarga sarg‘ayishimizga to‘g‘ri kelishi ortiqcha asabiylashtirishi ham hech gap emas. Ana shunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida esa ko‘plab qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-905-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, unga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqqanlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji, yig‘imlar yoki boshqa to‘lovlar to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab bekor qilinishi ana shunday qadamlardan biridir.
Shuningdek, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra esa advokatga guvohnoma berish muddati 2 ish kuni etib belgilandi (Ilgari 3 ish kuni edi).

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun