Chiqindi tashlaganlar jarimaga tortildi

Date:

Inson har doim ham o‘zini taftish qilavermaydi, o‘zini o‘zi kuzatmaydi. Agar shunday bo‘lganida edi, xatolarimiz, noto‘g‘ri ishlarimiz darrov sezilib, o‘zimizni tuzatishga o‘tarmidik. Yo‘l chekkasida turib, mashinasi oynasidan chiqindi uloqtirib ketayotgan galstukli amaki ham chekadan o‘zini kuzatganida edi, yoshiga, usti-boshi-yu salobatiga qilgan ishi sira yarashmayotganini sezgan bo‘lardi. Afsuski, ana shunday parvosiz insonlar oramizda ko‘plab topiladi.
Ularning bunday harakati huquqbuzarlik ekanini bilishsa-da, baribir… ko‘za kuniga emas, kuniga sinishini bilishsachi, cho‘ntagidan falon so‘m jarima to‘lashsachi? Balki ancha tartibga kelib qolar… Belgilanmagan joylarga maishiy chiqindilarni to‘kish, tashlab ketish holatlarini oldini olish maqsadida Termiz tumani Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari orqali ana shunday tartibbuzarlar kuzatuvga olindi.
Reyd tadbirlari davomida chiqindini belgilanmagan joyga noqonuniy ravishda to‘kayotgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi haydovchisi va yo‘l bo‘yiga aravada chiqindi tashlab ketayotgan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima solish bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzildi.
Unutmang, bu bilan qandaydir chiqindidan qutulmayapmiz yoki o‘z yuzimizga chaplayapmiz. Jamiyatda qanday inson ekanimizni, madaniyatu saviyamizni ko‘rsatayapmiz, xolos.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun