Yana bir toifa qizlarga Zulfiya mukofoti beriladi

Date:

Yuragida o‘ti, ijodkorlik qobiliyati, ilm-fanga, sportga qiziqishi yurakda jo‘sh urib turadigan har bir qiz Zulfiyaxonim izdoshiga aylanishni istashi turgan gap. Qizlar yaxshi ma’noda o‘zaro musobaqaga kirishadigan, intiladigani ham Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritish bo‘lsa kerak, nazarimda. Biroq aksariyat odamlar “Zulfiyachilarning “tankasi” bor, iste’dodi bo‘lmasa ham tanish-bilishi yoxud puli bo‘lsa bo‘ldi, ana shundaylardan chiqadi Zulfiyachi” deyishdan ham toymaydi va tortinmaydi ham.
Bir narsa aniqki aksariyat Zulfiyachilar bilan suhbatlashganimizda, ularning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha olib borayotgan faoliyatlari bilan qiziqqanimizda, og‘ziga kuchi yetmaydiganlarning gapida jon yo‘q ekanligi oydinlashadi ham. Ilgari sport, san’at, jamoatchilik kabi yo‘nalishlarda taqdirlanishadigan bo‘lsa, endilikda axborot sohasid faoliyat yuritayotgan salohiyatli xotin-qizlarimizga ham bundayin imkoniyat berilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, endi axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Avval bu soha vakillari uchun mukofot berilishi haqida tanlov nizomida aytilmagandi.
Eslatib o‘tamiz, Zulfiya mukofoti sovrindorlari OTMlarga imtiyozli kirish huquqiga ega.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun