Harbiy vatanparvarlik karvoni olis hududlarda

Date:

Harbiy vatanparvarlik karvoni yetib borgan manzillarda yoshlar o‘zini shu yurtga kerakdek his etayotgani haqiqat. Unga xizmat qilish esa eng oliy burch ekaniga yana bir karra amin bo‘lishayotir. Axir, vatan xizmatiga kambasta bo‘lishni istamagan yosh bo‘lmasa kerak. Harbiylik libosidagi askarlarni, ularning jangovar holati, jismoniy tayyorgarligini kuzatish esa barchani ulardek bo‘lishga havas uyg‘otishi ham bor gap. Shu ma’noda Muzrabot tumani hokimligi, Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Xayraobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar, Termiz harbiy prokuraturasi, Surxondaryo viloyatidagi kuch tuzulmalar bilan hamkorlikda viloyat markazidan olis bo‘lgan chegaraoldi hududda harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mudofaa sohasida olib borilayotgan islohotlar, armiya va xalqning faol hamkorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida fikr bildirdilar. Shundan so‘ng, harbiy orkestr va maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturidan o‘rin olgan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilar qalbidan chuqur joy oldi.
Kuch tuzilmalari vakillarining xizmat itlari, Faxriy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi yoshlarda harbiylikka bo‘lgan qiziqishini yanada orttirib, ularga unutilmas taassurotlarni taqdim etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun