Mahallalar obod va ko‘rkam hududga aylanmoqda

Date:

Bahor nafasi yelayotgan surxon vohasining qishloqlarida, bepayon dalalarida ekin-tikin oldi ishlar ayni qizg‘in pallada. Bandixon tumanida ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Sug‘oriladigan hududlarda oqava suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida tumanning “Xo‘jaipok” va “Bag‘rikeng” mahallalari hududidagi fermer xo‘jaliklariga qarashli ichki ariqlarni tartibga keltirilib, ariqlarni qazish, tozalash va betonlash ishlari davom etmoqda. Bunday harakatlar suv sarfini kamaytirib, ekinlarni muntazam suv bilan ta’minlash uchun zaxira manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qolaversa, “Yashil makon” doirasida fermer xo‘jaliklarining dala chetlarida manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur mahallalarning ichki ko‘chalariga tosh-shag‘al aralashmasi to‘kilib, ta’mirlash ishlari ham avj olgan. Shuningdek, hududdagi fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida bahorgi mavsumda olib boriladigan agrotexnik va biotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun