O‘quvchilarning tasavvurlari kengaydi

Date:

Azizjon universitetga o‘qishni emas, tadbirkorlik qilib mo‘may daromad topishni o‘ylaydi. To‘g‘ri, tadbirkorlik qilish ham yaxshi, ammo ma’lum mutaxassislikka ega bo‘lgan tadbirkorning ishi yanada rivoj topishini unga ustozlari uqtira olmaydi. Sohaga oid bilim va tajribaning yetishmasligi yosh o‘smirga pand beradi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Yangi O‘zbekiston universiteti bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan seminarda

ishtirok etganidan so‘ng esa Azizning fikri butunlay o‘zgardi va avval oliygohda o‘qishni, so‘ng esa tadbirkorlik ishini boshlashi eng to‘g‘ri qaror ekanini tushunib yetdi. Aslida tashkil etilgan seminardan ko‘zlangan maqsad ham shu edi.
Seminarda Yangi O‘zbekiston universiteti mutaxassislari ishtirok etib, yigit-qizlarga oliygoh va undagi sharoitlar xususida ma’lumot berishdi. Qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan seminarda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun