“Buyuk Navoiyga ehtirom”

Date:

Alisher Navoiy siymosi haqida gap ketganda hamma fikrlar aytilgandek, har yili shoir dahosi madh etib tashkil etiladigan tadbirlar, chiqishlar doimiy qoliplar asosida takrorlanadigandek tuyiladi. Navoiy ijodiga murojaat qilgan, g‘azallarini, asarlarini o‘qigan kitobxon esa yangidan-yangi ma’no uqadi. So‘z ummonidan duru javohirlarni tergandek, o‘zi uchun boy ma’naviy xazina topgandek bo‘ladi. Albatta, buyuk so‘z sultonining aytganlari, fikrlari bugun ham necha-necha asrlar silsilasidan o‘tib, o‘z ahamiyatini, qiymatini yo‘qotmagani kishini hayratga soladi.
Buyuk ishlarga bosh bo‘lgan Navoiy shaxsiyatini o‘rganish, biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy xazinadan bahramand bo‘lish har birimizning qalbimizga bir olam faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Ha, Navoiy dahosi haqida qancha so‘zlasak, bu shaxs hayoti-yu ijodiga qancha murojaat qilsak, asarlarini sahnalarda jonlantirsak, Alisher Navoiy bobomizni yanada teranroq anglagandek bo‘lamiz. Zero, har birimiz o‘zimizdan keying avlodlarga buyuk bobokalonimizni tanishtirish, ijodi ahamiyatini anglata bilishimiz zaruratdir.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy – shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida “Buyuk Navoiyga ehtirom” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar buyuk Navoiyga ehtirom ko‘rsatdilar. Shoir hayoti va ijodiga murojaat qilish orqali tomoshabinlarni qimmatli ma’lumotlardan voqif qilishdi. Navoiy g‘azallaridan o‘qishdi. Yosh aktyorlar jamoasi tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinishi esa barchada katta taassurot qoldirdi. Ajoyib mumtoz kuy-qo‘shiqlar esa tadbirda bayram kayfiyatini uyg‘ota oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oliblar munosib kutib olindi

Samarqand shahri “Universiada – 2025” sport musobaqasining yengil atletika...

Maktub

"Oxirgi kunlarda kеlin judayam qoʻpollashdi. Choyimni ham yarim piyola...

Surxondaryoda qovun pishdi

Har yili erta bahordan boshlab mamlakatimiz bozorlarini turli sabzavot...

74 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini...
KunTun
KunTun