…kvartira ijarasi to‘lab beriladi

Date:

Zimmasiga ro‘zg‘or tashvishi tushgan borki, buguni va ertasini o‘ylamay, reja qilmasdan qolmaydi. Axir, aytishadi-ku, rejali ish buzilmas deya. Osh-ovqat, kiyim-bosh degandek, yo‘l kiradan tortib, kunlik xarajatlarni ham hisobga olish kerak. Ayniqsa, ijara xonadonda yashovchilarning chiqimlari ham bir necha baravar oshishi aniq. Bu esa har qanday oilaboshini o‘ylantiradi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarga kvartira ijarasi to‘lab berilishi esa ana shunday oilalarning og‘irini yengil qiladigan boְldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar 12 oygacha turar joy ijarasini o‘ylamasa ham bo‘ladi. Buning uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Albatta, bunda bir qator talablar mavjud. Jumladan, er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmasligi lozim.
Qolaversa, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan bo‘lsa, kifoya. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan va har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari“ga kiritilgan bo‘lishi ayni talablarning asosiysi sanaladi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun yosh oila vakillari yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...
KunTun
KunTun