Samandarga teng keladigani topilmadi

Date:

Bugunning talaba-yoshlari o‘qish bilan birga o‘z qiziqishlarini ham ro‘yobga chiqarishga intilayotgani har qanday insonning havasini keltiradi. Bu bilan ular nimalarga qodir ekanini ko‘rsatish bilan birga yuqori marralarni ham zabt etib kelishayotir. Kuni kecha sportning KEMPO MMA turi bo‘yicha Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Yevroosiyo chempionati o‘tkazildi.
Chempionatda Yevroosiyoning kuchli, mahoratli sportchilari bilan bir qatorda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishni ko‘ngliga tukkan holda surxon o‘g‘loni ham ishtirok etdi. Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan chempionatda 60 kilogramm vazn toifasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi Samandar Jumanazarovga teng keladigani topilmadi. Vohadoshimiz 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun