Hokim yordamchilari uchun o‘quvlar boshlandi

Date:

Yurtimizda rahbar va salohiyatli kadrlar zaxirasi uchun munosib nomzodlar saralanib kelinadi. Mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ham “Salohiyatli kadrlar rezervi”ga kiritilganini e’tirof etib o‘tish lozim. Albatta, har kim ekkanini o‘radi deganlaridek, o‘z ishiga munosib, natija ko‘rsatib, rahbarlik tashabbusini ko‘rsatayotganlar yuqori cho‘qillar sari odimlashi uchun yo‘naltirilsa, ishiga munosib bo‘lmaganlar esa kurmak misol guruchdan ajratib tashlanaveradi. Gap salohiyatli kadrlar rezervi haqida ketar ekan, ushbu rezervga kiritilgan hokim yordamchilarini rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-amaliy seminar boshlandi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida respublikaning 14 ta hududidan saralab olingan 90 nafar hokim yordamchilari uchun maxsus o‘quvlar boshlanib, rejaga muvofiq kurslar boshlab yuborilgan. Ushbu o‘quv-amaliy seminar hokim yordamchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Qolaversa, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘quv kurslar davomida tinglovchilar uchun O‘zbekistonda kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish, diplomatik protokol va xizmat etiketi, muloqot va muomala madaniyatini shakllantirish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. Seminarlar joriy yilning 3-fevraliga qadar davom etadi va yakunda nomzodlarning olgan bilimlari va salohiyatlarini aniqlash maqsadida test va suhbat tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun