Dalada ish qizg‘in

Date:

Qish kunlari bo‘lishiga qaramay, janubiy viloyatimizda allaqachon bahor nafasi hukmron. Tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir esa qishloq xo‘jaligi sohasi uchun ayni muddao. Bunday ob-havo sharoiti dalada ishlarning qizg‘in tus olishiga sharoit yaratadi. Shu jihatdan Muzrabot tumanida ham albatta, ariqlarni betonlash, tinim davrida bo‘sh yer maydonlarini shudgorlash, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish, g‘alla parvarishi avj pallada. Amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, mutasaddilarning axborotlarini tingladi.


Shu bilan birga tumanning “Kampirtepa” hududida “Pomir agroklaster” MChJning 76 gektarlik dala chetlaridagi 2,7 kilometr ichki ariqlarni betonlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Suv muammosini biroz bo‘lsa-da, yumshatish, uning ortiqcha sarfini kamaytirish uchun ariqlarni betonlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, ishlarni sifatli tashkil etganlarga minnatdorchilik bildirildi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirlarni mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun