Bir haftada bir asar

Date:

Yaxshi tashabbusning qamrovi zumda kengayib, insonlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Shu ma’noda Termiz davlat universiteti talabalari bir haftada bir asar o‘qishni odat tusiga aylantirishgani, sirtqi ta’limda tahsil olguvchilrning-da e’tiborini tortib, qiziqishiga sabab bo‘ldi.


Ular ham birinchi qadam sifatida Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlariga murojaat qilishdi. Hafta davomida o‘qib, yakunda haftalik doirasida ma’rifiy tadbir ham tashkil etishdi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan borki, mutolaa zavqini, ahamiyatini his etishi mumkin bo‘ldi.
Sababi, tadbir qiziqarli va Behbudiy asarlariga qiziqish uyg‘ota oldi. Har bir chiqish jadidlar hayotini to‘la aks ettira olgan fikrlar bilan boy bo‘ldi. Teatrlashtirilgan sahna chiqishi esa o‘sha davr muhirini, ruhiyatini har bir tomoshabinga singdira oldi. Mana sizga asarning kuchi-yu, mutolaadan olingan taassurotlarning ahamiyati.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun