Adllikni ko‘k terakdan o‘rganing!

Date:

Kezi kelsa ba’zi insonlar o‘zi dunyoga keltirgan, tarbiya berib, “papalab” katta qilgan jigarbandini to‘g‘ri yo‘lga sololmay boshi qotadi. Ammo tabiatning mo‘jizasini qarangki, boysunlik aholi ma’lumu mashhur ko‘k teraklarini shunday parvarishlaydiki, osmonga o‘rlab borayotgan misol tik o‘sayotgan ko‘k teraklarni ko‘rib havas qilasan kishi.

G‘araz nima, gina kudurat nima bilmay ulg‘ayayotgan bolalikni eslatuvchi ko‘k teraklar, bamisoli to‘g‘rilikdan darak berayotgandek mavjlanadi. Ushbu teraklar ham ko‘plarning ro‘zg‘origa obodlik olib kirayapti, desak xato bo‘lmas. 

Tuman markazidan 30 km, dengiz sathidan 1400 metr balandlikda joylashgan “Duoba” mahallasida istiqomat qiluvchi aholining bog‘larida ko‘k teraklar ko‘kka bo‘y cho‘zadi.

Uzunligi 30 metr, aylana uzunligi 180 sm keladigan ushbu teraklar xalqimizning kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan buyumlar, mehnat qurollari hamda uy jihozlarini yasashda keng foydalaniladi.

E’zoza Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun