Yenglar va etaklar qisqarib, “mini”lashib bormoqda

Date:

Fransuz musavvirlaridan biri chizgan surat e’tiborimni tortdi. Unda sharq bozorlaridan birida savdogarning mijoz ayolga teskari qarab mahsulotini taklif qilayotgan holat…
Bir paytlar qadriyatlarimiz naqadar go‘zal bo‘lgan-a? bugun bilan solishtirsakchi? Bugun bu qadriyatlar unutilgan, ko‘chalarda suqlanib boqayotgan ko‘zlardan qayerga qochishni bilmaysan. Unday savdogarlar yo‘q hisob. Bilaman, ayollar ham suqlantirib boqtirmasin deysiz. Afsuski, haqsiz. Ro‘mollar kamayib, yenglar va etaklar qisqarib, “mini”lashib bormoqda. Atlaslar, beqasamlar chet elliklar uchun falon dollardir, ammo bizning uchun qadri to‘kilgan. Eskilik sarqiti yoki sandiqlarimizda chang bosib yotgan oddiy latta-puttadan farqi yo‘q. Yana bilaman, kattalarning “u zamoni” yoshlar uchun o‘tmish, neandertal davridek. Boshlab qolsangiz, “endi u zamonlar boshqa edi, hozir boshqa” deya aytar so‘zingizni tilingizda qoldirishadi. Ammo, bilishmaydiki, ba’zi hukmlarni zamon o‘zgartira olmaydi. Shuning uchun o‘sha suratga har ko‘zim tushganida qachonlardir sarqit bo‘lmagan qadriyatlarni tomosha qilib, olam-olam zavq olaman.

Sayyora Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun