Viloyat hokimi nogironligi bo‘lgan bolajonlar holidan xabar oldi

Date:

Ramazon fayzu baraka, rahmat va mag‘firat oyi. Bu oyda mehr-muruvvat, xayr-saxovat ishlari yanada rivoj oladi.

Xususan, Surxondaryo viloyatida ham keksalar, imkoniyati cheklangan kishilar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularning moddiy va maʼnaviy taʼminotiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat uyida bo‘lib, bu yerda bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, tarbiyachilar bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi. Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli maʼsullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun