Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Date:

Murakkab operatsiyalar ham bugungi kunda har bir hududning o‘zida amalga oshirilayotgani har jihatdan aholi uchun qulaylik tug‘dirayapti. Bu vaqt, mablag‘ni tejaydi. Qolaversa, kasallikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Malakali va qo‘li yengil jarrohlarning xizmati bilan ahvoli og‘ir sanalgan bemorlar ham jarrohlik amaliyoti sabab tezda oyoqqa turib ketayotgani quvonchli hodisa, albatta.
Ana shunday yirik operatsiyalar shu kunga qadar Bandixon tumanida amalga oshirilmaganligi, endilikda esa tuman markaziy shifoxonasida reja asosida fuqarolarga ko‘mak sifatida amalga oshirilishi bandixonliklarni quvontirgani rost. G.Nodirovaga ham mutaxasislar tomonidan gidronefroz (kasallangan buyrak) tashxisi qo‘yilib, shu kunning o‘zida operatsiya amaliyoti amalga oshirildi.
Viloyat urologiya markazi jarrohi Murod Poyonov, Anvar Allamurodov va Bandixon tuman tibbiyot birlashmasi jarroh vrachi Odinaqul Xolmatov ishtirokida o‘tkazilgan (kasallangan chap buyrak toshlarini olish) operatsiyadan so‘ng, bemor sog‘ligi jiddiy nazorat ostiga olindi. Ayni paytda bemorning ahvoli qoniqarli.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun