Ustoz-shogird an’anasi asosida…

Date:

Qo‘lida hunari odam bor odam xor bo‘lmaydi, mehnati, xizmati bilan kun ko‘ra oladi. Qolaversa, faoliyati bilan atrofdagilarga ibrat bo‘lsa, munosib izdoshlar tayyorlab jamiyatga naf keltiradi. Sho‘rchilik Xolida Pardayeva ham ana shunday insonlardan biri. U 9 nafar shogirdiga 25 turdagi soch turmaklarini o‘rgatayotgan bo‘lsa, Sohiba Qodirova esa shogirdlariga 8 turdagi 15 shakldagi parda tikishni o‘rgatib kelmoqda.
Ha, Sho‘rchi kasb-hunar markazida har kuni erta tongdan kun botguniga qadar ishlar qizg‘in tus oladi. Ustozlar o‘rgatish, shogirdlar esa o‘rganish bilan band. Ularning ishtiyoqi, mahoratu layoqati esa kelgusida tikish-bichishda, qandolatchilk va ustachilikda usta bo‘lishga sharoit yaratmoqda. Markazda tikuvchilik, oshpaz-qandolatchi, kompyuter texnigi kabi 10 yo‘nalishda 13 ta guruh tashkil qilingan.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida 1370 nafar ishsiz fuqaro o‘qish markaziga jalb qilinib, sertifikatlar topshirilgan. Qolaversa, markazga qarishli 4 ta maskan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u yerlarda ham ustoz-shogirdlik an’anasi asosida ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Oldingi sahifaBiz bir bo‘lsak…
Keyingi sahifaBirdamlikka chorlab…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...

Attestatsiya boshlandi

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya...

“Yosh qutqaruvchi – 2026”: g‘oliblar aniqlandi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar...
KunTun
KunTun