FHDYOda kompozit xizmat

Date:

Bugun hayotimizning har jabhasida raqamlashtirish, elektron tizim shiddat bilan kirib keldi. Barcha soha va tizimlarda elektronlashuv ketayotgan bir paytda, o‘zgarishlar epkini FHDYO bo‘limlarida ham esmay qolmadi. FHDYOda ham electron tizimda ish yuritish yo‘lga qo‘yilgani esa fuqarolar uchun qulayliklar yaratayotir.
Fuqaroning tug‘ilganidan toki vafot etguniga qadar bo‘ladigan vaziyat va holatlarni qayd etish elektronlashdi va 75 yillik arxivga joylashtirildi. Bu albatta, yuridik va jismoniy shaxslar uchun qulaylik tug‘dirib, ortiqcha vaqt ketkazishning va ovoragarchilikning oldini oladi. Bu haqda viloyat “Matbuot uyi”da tashkil etilgan matbuot anjumanida batafsil bilib oldik.


Ayniqsa, FHDYO tizimida kompozit xizmatning yo‘lga qo‘yilgani fuqarolar uchun katta yengillik beradi. Ya’ni bola dunyoga keldimi, tug‘ruqxonaning o‘zida tug‘ilish qayd etiladi. Bog‘chaga navbatga qo‘yilib, oilaviy poliklinikasiga ham avtomatik qayd etiladi. Qolaversa, bugungi kunda fuqaro aynan yashash hududidagi FHDYO bo‘limiga borib, murojaat qilishi kerak degan majburiyat yo‘q. Istagan hududidan, hatto xorijda bo‘la turib ham, onlayn murojaat qilishi, ariza yo‘llashi mumkin. Belgilangan muddatda murojaatlar o‘z yechimini topib, har qanday masala tegishlicha hal etilmoqda.
Shu jihatdan olib qaraganda, sohada aytish kerak bo‘lgan yangiliklar va olib borilayotgan ishlar talaygina. Mudira M.Siddiqova matbuot anjumani davomida shu haqida to‘xtalib, OAV vakillari va keng jamoatchilikning qiziqtirgan savollariga barafsil javob berdi.

Sayyora NORMURODOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV
(surat)

Oldingi sahifaXanchjoudan xushxabar
Keyingi sahifaG‘alabani his et

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun