G‘alabani his et

Date:

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan yoshlarni saralash va ular bilan tizimli ishlashni yo‘lga quyish maqsadida sportning para yengil atletika, para stol tennisi, para futbol sport turlari bo‘yicha “Besh tashabbus paralimpiadasi” Sho‘rchi tumanidagi 122-maktab internatida o‘tkazildi.
— Bugungi musobaqa uchun alohida tayyorgarlik ko‘rdim. — dedi X.Axmedova. — Stol tennisga yoshligimdan qiziqishim baland. Bugungi bahs juda shiddatli kechdi. Qilgan harakatlarim, mashqlarim, niyatlarim bekorga ketmadi, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Kelajakda jahon chempionatlarida qatnashish va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishni maqsad qilganman.
«Besh tashabbus paralimpiadasi» sport musobaqasi yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun