Surxondaryoda Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

Date:

Gap qishloq ayoli haqida ketganda yuzida samimiyat va soddalik mujassam, mehnatkash va tinib-tinchimas nozik xilqat egasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ha, nozik xilqat egalari deya ta’riflasak-da, qilayotgan ishlarida, harakatida erkaklardan qolishmayotgani, ildam va zamon bilan hamnafaslik seziladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi yig‘ilishida 15-oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida nishonlash taklifi ma’qullangan. Yurtimizda ham har yili sana munosabati bilan qishloq ayollari kuni bayram sifatida nishonlanib kelinadi.
Termiz shahrida ham viloyatimizning hududlaridan tashrif buyurgan qishloq ayollari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etishib, sana munosabati bilan qishloq ayollarini tabrikladi va faol xotin-qizlarga esdalik sovg‘alarini tantanali topshirdi.
To‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirda namoyish etilgan kontsert dasturi ishtirokchilarga bayramona va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sportda yetakchi kim?

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot”...

Ekologik nazorat kuchaytirilmoqda

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish va havoning tozaligini ta’minlash...

Mehnat muhofazasi: ogohlik va mas’uliyat

Surxondaryo viloyati FVBda 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish...

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...
KunTun
KunTun