Endi tibbiyot talabalari inson omilisiz imtihon topshiradi

Date:

“Super kontrakt” tibbiyot yo‘nalishida ham joriy etilgani, qolaversa, xususiy universitetlarda ham shifokorlar yetishib chiqishi haqida eshitganlar “shifokorlarga ham endi ishonch qolamagan”ini, qanday avlod shifokorlari yetishib chiqishini bashorat qilishdi. To‘g‘ri, bu fikrlarda jon bordek. Ammo, faqat va faqat munosiblar tizimda ishlay olishi, ko‘pchilkning xadiklarini tumandek tarqatishi aniq. Ya’ni 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi. Talabalar klinik imtihonlardan o‘ta olsagina, shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi.
Qolaversa, 2024/2025-o‘quv yilidan barcha davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ikki bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi. 1-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini topshirsa, 2-bosqichda klinik fanlarni o‘zlashtirganlik darajasi baholanadi. Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.
Shuningdek, ordinaturaga va internaturaga kirish imtihonlari ham inson omilimiz o‘tkaziladi. Shu paytgacha suhbat asosida o‘tkazib kelingan qabul jarayonlariga chek qo‘yiladi. Klinik ordinatura va internatura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdoridagi to‘lov tegishli tibbiy ta’lim muassasasi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan. Qabul jarayonlari yiliga 2 marta tashkil etilishi ham nomzodlar uchun qo‘shimcha imkoniyat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...

She’ri suvda oqqan shoir

Vohada 68 yoshli bir mashhur shoir bor edi. Iste’dodi...

“Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay

”Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri va mutafakkiri bo‘libgina...

“Osoyishe kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?”

O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk yurtdoshlarimiz ichida...
KunTun
KunTun