“Obodonlashtirish oyligi” doirasida

Date:

Tozalik, ozodalik, sarishtalik bo‘lgan joyda fayz-u baraka bo‘ladi deyishadi yoshi ulug‘larimiz. Shuning uchun ham xonadonimizni doimo ozoda tutishga odatlanganmiz. Ko‘chalarimizni-da obod qilish maqsadida tez-tez hasharlar uyushtirib, ko‘pchilik birdamlikda tozalik ishlariga kirishamiz. Qolaversa, yurtimizda muhim sana va bayramlar oldidan ham hasharlar uyushtirib, chor atrof obodligiga o‘z hissamizni qo‘shib kelamiz. Shu maqsadda mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 30-iyulidan 30-avgustigacha “Obodonlashtirish oyligi” boʻlib oʻtayotir.
Oylik doirasida Termiz davlat universiteti hududida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet xodimlari hasharni bino atrofiga gul koʻchatlari va manzarali daraxt koʻchatlari ekish bilan boshladi. Atrof supurib-sidirildi, chang gʻuborlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Bir soʻz bilan aytganda, oliygoh yangi oʻquv yilida talabalarni kutib olishga toʻliq tayyor holatga keltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...
KunTun
KunTun